Tasdiqlangan haydovchilar
Trasso’da faqat tekshiruvdan o‘tgan haydovchilar xizmat ko‘rsatadi, bu esa safar va yetkazib berishda ishonchni oshirishga yordam beradi.
Yuk jo‘nating, yo‘lovchi orqali yetkazib bering yoki shaharlararo safar uchun o‘zingizga mos variantni tanlang.
Trasso orqali kichik jo‘natmalarni yuboring, katta yuklarni tashishni tashkil qiling, yo‘lovchilar orqali yetkazib berish xizmatidan foydalaning yoki shaharlararo safaringiz uchun mos variantni toping.


Hujjatlar va mos o‘lchamdagi posilkalarni manzilga yetkazish uchun xizmat.

Hajmi yoki og‘irligi sababli alohida tashish yechimini talab qiladigan yuklar.

Kerakli yo‘nalishda safar qilayotgan yo‘lovchi orqali jo‘natmani yetkazish imkoniyati.

Kerakli yo‘nalish bo‘yicha safar variantlarini izlash va o‘zingizga mos safarni tanlash.
O‘zingizga kerakli xizmatni tanlang, buyurtma uchun zarur ma’lumotlarni kiriting va keyingi bosqichlarni ilova orqali bajaring.
Trasso ilovasini yuklab oling va kerakli xizmatni tanlang.

Xizmat turiga qarab yo‘nalish, yuk yoki safar tafsilotlarini ko‘rsating.


Buyurtmani rasmiylashtirgach, uning holatini ilovada kuzatib boring.

E’lonlarni kuzating, yetkazib berish jarayonidan xabardor bo‘ling va safaringizni o‘zingizga mos tarzda rejalashtiring.

Turli Telegram kanallaridagi haydovchi va yetkazib berish e’lonlarini Trasso’dan chiqmasdan ko‘ring. Kerakli takliflarni kuzatib boring va mos haydovchi yoki yetkazib beruvchi bilan bevosita bog‘laning.
E’lonlarni ko‘rish
Yukni qabul qiluvchi ham yetkazib berish jarayonini ilova orqali kuzatib borishi mumkin. Jo‘natma qayerdaligi va yetkazib berish jarayoni haqida xabardor bo‘lib turing.
E’lonlarni ko‘rish
Birgalikdagi safar uchun yo‘lovchilarni turli manzillardan olish va ularni turli nuqtalarda tushirish joylarini belgilang. Safar yo‘nalishini barcha ishtirokchilarning ehtiyojiga mos rejalashtiring.
Safar yo‘nalishini rejalashtirish
O‘zingiz yoki yaqinlaringiz uchun taksi bron qilayotganda safarda kamida bitta ayol yo‘lovchi bo‘lishi shartligini belgilang. Bu imkoniyat ayol yo‘lovchi ham safarda bo‘lishini hisobga olgan holda safarni tanlashga yordam beradi.
Safar shartlarini tanlashTrasso’da faqat tekshiruvdan o‘tgan haydovchilar xizmat ko‘rsatadi, bu esa safar va yetkazib berishda ishonchni oshirishga yordam beradi.
Jo‘natmangiz harakatini xaritada real vaqt rejimida kuzating va yetkazib berish jarayonidan doimo xabardor bo‘ling.
Buyurtma qabul qiluvchiga yetib borganda, OTP-kod orqali topshirishni tasdiqlang va yetkazib berish yakunlanganini aniqlang.
Favqulodda vaziyatda SOS tugmasini bosing. Trasso joriy joylashuvingizni aniqlab, zarur choralarni ko‘rish jarayonini boshlaydi.





Mijozlar, haydovchilar va hamkorlar o‘rtasida ishonchli aloqalarni shakllantiramiz.

Safar va yetkazib berish xizmatlarini yagona, qulay tajribaga birlashtiramiz.

Buyurtmadan manzilga yetib borishgacha bo‘lgan jarayonni kuzatish imkonini beramiz.
Mijozlar, haydovchilar va hamkorlar o‘rtasida ishonchli aloqalarni shakllantiramiz.
Ilovada “Yengil posilkalar” xizmatini tanlang, olib ketish va yetkazib berish manzilini kiriting, posilka haqida ma’lumot va rasmlarni qo‘shing. Shundan so‘ng mavjud yetkazib berish variantlarini ko‘rib, o‘zingizga mos haydovchini tanlab buyurtma yarating.
Yuk hajmi va og‘irligiga qarab Damas va Labo kabi yengil tijorat avtomobillari, furgonlar hamda tent yoki izotermik kuzovli yuk mashinalari taklif qilinadi. Buyurtmada yuk tavsifini kiritsangiz, unga mos transport ko‘rsatiladi.
Yo‘nalish va sanani kiritganingizdan so‘ng mavjud haydovchilar ro‘yxati chiqadi. Har birining reytingi, transporti, jo‘nash vaqti va bo‘sh joylari ko‘rinadi — o‘zingizga qulayini tanlab buyurtma berasiz.
Buyurtma holati ilovada real vaqtda ko‘rinadi: haydovchi qayerdaligi, yetib kelish vaqti va har bir bosqich. Savol tug‘ilsa, haydovchiga ilova ichidagi chat orqali yozishingiz mumkin.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat, haydovchilik guvohnomasi va transport hujjatlari. Ro‘yxatdan o‘tish TRASSO Pro ilovasida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Xizmat butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaydi — barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida.