Trasso haqida savollaringizga javoblar

Trasso xizmatlari, buyurtmalar, safarlar va hamkorlik imkoniyatlari haqida eng ko‘p beriladigan savollarga javoblarni shu yerdan toping.

Ko‘p beriladigan savollar

Mijozlar, haydovchilar va hamkorlar o‘rtasida ishonchli aloqalarni shakllantiramiz.

Trasso nima?

Trasso — yo‘lovchi tashish, jo‘natmalarni yetkazish va yuk tashish imkoniyatlarini yagona platformada birlashtiruvchi raqamli ekotizim.

Trasso xizmatlaridan qanday foydalanish mumkin?

Trasso ilovasini App Store yoki Google Play’dan yuklab oling, telefon raqamingiz bilan ro‘yxatdan o‘ting va kerakli xizmatni tanlang: jo‘natma yuborish, yuk tashish yoki shaharlararo safar.

Trasso qaysi hududlarda ishlaydi?

Trasso butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaydi — barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida.

Trasso Pro orqali qanday buyurtmalarni bajarish mumkin?

Kichik jo‘natmalarni yetkazish, katta va og‘ir yuklarni tashish hamda shaharlararo yo‘lovchi tashish buyurtmalarini bajarish mumkin. Qaysi buyurtmani olishni haydovchining o‘zi tanlaydi.

Trasso Pro’dan qayerdan foydalanish mumkin?

Trasso Pro butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaydi: shahar ichidagi buyurtmalar ham, shaharlararo yo‘nalishlar ham ilovada ko‘rsatiladi.

Hisobimni qanday yarataman?

Ilovani oching, telefon raqamingizni kiriting va SMS orqali kelgan kodni tasdiqlang. Shundan so‘ng ism va boshqa ma’lumotlarni profil bo‘limida to‘ldirishingiz mumkin.

Biz bilan bog‘laning

Muammo yoki savolingizni yozib qoldiring. Murojaatingizni ko‘rib chiqishimiz uchun kerakli ma’lumotlarni kiriting.

Murojaat mavzusi

Har bir ishtirokchi uchun o‘ziga mos yechim

Trasso to‘rtta platformani yagona ekotizimda birlashtiradi. Har biri o‘z vazifasini bajarib, turli ehtiyojlarga mos yechim taklif etadi.

  • Trasso Client

    Mijozlar uchun xizmat tanlash, buyurtma berish va safarlarni tashkil etish imkonini beruvchi mobil ilova.

  • Trasso Pro

    Haydovchilar uchun buyurtmalar va safar takliflari bilan ishlashga mo‘ljallangan mobil ilova.

  • Trasso Business

    Kompaniyalar uchun ommaviy buyurtmalar, shartnoma tariflari va integratsiyalarni boshqarish tizimi.

    Demo so‘rash
  • Trasso Carrier

    Logistika kompaniyalari uchun transport parki, haydovchilar va dispetcherlik jarayonlarini boshqarish platformasi.

    Trasso Carrier’ga ulanish