Katta yuklar uchun mos transport toping

Hajmli va og‘ir yuklarni tashish uchun Trasso orqali kerakli transportni toping, buyurtma yarating, yetkazib berish jarayonini kuzating.

Ilovani yuklab olish

Ilovani yuklab oling

TRASSO · Telefoningizga mos do'konni tanlang

Qanday ishlaydi?

Jo‘natmangiz ustidan ko‘proq nazorat

Posilka yuborish jarayonini qulay tashkil qiling va jo‘natma qayerdaligini bilib boring.

  • Mos transportni toping

    Mos transportni toping

    Yukning turi va hajmiga qarab tashish uchun mos variantni izlang.

  • Tasdiqlangan haydovchilar

    Tasdiqlangan haydovchilar

    Trasso’da faqat tekshiruvdan o‘tgan va tasdiqlangan haydovchilar faoliyat yuritadi.

  • Real vaqt kuzatuvi

    Real vaqt kuzatuvi

    Yukni qabul qiluvchi jo‘natma harakatini xaritada kuzatib borishi mumkin.

  • OTP orqali tasdiqlash

    OTP orqali tasdiqlash

    Yuk qabul qiluvchiga topshirilganda, qabul qilish OTP-kod orqali tasdiqlanadi.

Yuk haqida ma’lumot kiriting

Trasso ilovasida tashimoqchi bo‘lgan yukingiz turi, o‘lchami va og‘irligini ko‘rsating. Shuningdek, yukni olib ketish va yetkazib berish manzillarini belgilang. Barcha kerakli ma’lumotlarni kiritib, buyurtmangizni shakllantirishga tayyorlang.

Transport toping

Yukingizning turi va hajmiga mos keladigan mavjud transport variantlarini ko‘rib chiqing. Ehtiyojingizga mos transportni tanlab, buyurtma tafsilotlarini tekshiring va ilova orqali buyurtmani rasmiylashtiring. Shundan so‘ng yukingizni tashish jarayoni boshlanadi.

Yetkazib berishni kuzating

Yukingiz yo‘lga chiqqach, uni qabul qiluvchi transport vositasining harakatini Trasso xaritasida real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin. Bu orqali transportning joylashuvi va yukni yetkazib berish jarayoni haqida muntazam xabardor bo‘lib turadi.

Qabul qilishni tasdiqlang

Yuk belgilangan manzilga yetib borgach, qabul qiluvchi uni qabul qilib olganini maxsus OTP-kod orqali tasdiqlaydi. Kodni kiritish orqali yukning topshirilgani qayd etiladi va yetkazib berish jarayoni yakunlanadi.

Ilovani yuklab olish

Ilovani yuklab oling

TRASSO · Telefoningizga mos do'konni tanlang

Yuk haqida ma’lumot kiriting
Transport toping
Yetkazib berishni kuzating
Qabul qilishni tasdiqlang

Turli hajmdagi yuklar uchun yechim

Katta buyumlar va hajmli yuklarni tashish uchun Trasso orqali mos transportni izlang.

Qanday ishlaydi
  • Mebel va uy jihozlari

    Mebel va uy jihozlari

    Divan, shkaf, stol va boshqa yirik buyumlar.

  • Qurilish materiallari

    Qurilish materiallari

    Ta’mirlash va qurilish uchun kerakli materiallar.

  • Uskunalar va jihozlar

    Uskunalar va jihozlar

    Korxona yoki ish joyi uchun mo‘ljallangan yirik buyumlar.

  • Hajmli yuklar

    Hajmli yuklar

    Oddiy posilkadan kattaroq buyumlar va bir nechta yuklar.

Yuk tashishni biznes ehtiyojlaringizga moslang

Agar kompaniyangiz muntazam ravishda yuk jo‘natsa, Trasso Business orqali ommaviy buyurtmalar, shartnoma tariflari, API/webhook integratsiyalari va hisobotlar bilan ishlashingiz mumkin.

Ko‘p beriladigan savollar

Mijozlar, haydovchilar va hamkorlar o‘rtasida ishonchli aloqalarni shakllantiramiz.

Biz bilan bog‘laning
Qanday qilib posilka yuboraman?

Ilovada “Yengil posilkalar” xizmatini tanlang, olib ketish va yetkazib berish manzilini kiriting, posilka haqida ma’lumot va rasmlarni qo‘shing. Shundan so‘ng mavjud yetkazib berish variantlarini ko‘rib, o‘zingizga mos haydovchini tanlab buyurtma yarating.

Katta yuklar uchun qanday transport mavjud?

Yuk hajmi va og‘irligiga qarab Damas va Labo kabi yengil tijorat avtomobillari, furgonlar hamda tent yoki izotermik kuzovli yuk mashinalari taklif qilinadi. Buyurtmada yuk tavsifini kiritsangiz, unga mos transport ko‘rsatiladi.

Haydovchini qanday tanlayman?

Yo‘nalish va sanani kiritganingizdan so‘ng mavjud haydovchilar ro‘yxati chiqadi. Har birining reytingi, transporti, jo‘nash vaqti va bo‘sh joylari ko‘rinadi — o‘zingizga qulayini tanlab buyurtma berasiz.

Buyurtmamni qanday kuzataman?

Buyurtma holati ilovada real vaqtda ko‘rinadi: haydovchi qayerdaligi, yetib kelish vaqti va har bir bosqich. Savol tug‘ilsa, haydovchiga ilova ichidagi chat orqali yozishingiz mumkin.

Xizmat qaysi shaharlarda ishlaydi?

Xizmat butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaydi — barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida.

Ilova bilan barchasi oson

Trasso ilovasini yuklab oling

QR codeni skaner qiling

Trasso Pro ilovasini yuklab oling

QR codeni skaner qiling