Trasso Pro bilan har bir safardan daromad oling

Trasso Pro — haydovchilar uchun safar va yetkazib berish imkoniyatlarini birlashtirgan yagona platforma. Yangi buyurtmalarni toping, o‘zingizga qulay yo‘nalishlarni tanlang va har bir safaringizdan qo‘shimcha daromad oling.

Trasso Pro’ni yuklab olish

Ilovani yuklab oling

TRASSO Pro · Telefoningizga mos do'konni tanlang

Biz bilan bog‘lanish

Haydovchilar uchun yagona platforma

Trasso Pro orqali Trasso platformasidagi yo‘lovchi tashish va yetkazib berish buyurtmalari bilan ishlashingiz mumkin. Ilovada mavjud takliflarni ko‘rib chiqing va o‘zingizga mos buyurtmalarni tanlang

  • Kichik jo‘natmalar

    Kichik jo‘natmalar

    Hujjatlar, posilkalar va kichik buyumlarni kerakli manzillarga yetkazish buyurtmalari bilan ishlang.

  • Katta va og‘ir yuklar

    Katta va og‘ir yuklar

    Hajmli yuklarni tashish uchun mavjud buyurtmalarni ko‘rib chiqing va mos transport bilan xizmat ko‘rsating.

  • Shaharlararo safar

    Shaharlararo safar

    Shaharlar o‘rtasida yo‘lovchi tashish buyurtmalarini ko‘rib chiqing va o‘zingizga mos safarlarni tanlang.

Buyurtmalarni ko‘rib chiqing

Mavjud buyurtmalar va safar takliflari bilan tanishing. Ilovada turli yo‘nalishlar bo‘yicha joylashtirilgan takliflarni ko‘rib, ularning tafsilotlari, manzillari va xizmat shartlari bilan oldindan tanishishingiz mumkin. O‘zingizga mos keladigan buyurtmalarni tanlab, yangi ish imkoniyatlaridan foydalaning.

Yo‘nalishingizni tanlang

Qayerga borishingiz, qaysi vaqtda yo‘lga chiqishingiz va qanday xizmat ko‘rsatishingizni hisobga olib, mavjud yo‘nalishlarni tanlang. Safar rejangizga mos buyurtmalarni toping va ortiqcha vaqt sarflamasdan o‘zingiz uchun qulay variantlarni belgilang. Bu sizga ish jarayonini samaraliroq tashkil etishga yordam beradi.

Jarayonni boshqaring

Tanlangan buyurtma bo‘yicha barcha muhim ma’lumotlarni ilova orqali kuzatib boring. Buyurtma tafsilotlari, borish manzili va xizmatni bajarish bilan bog‘liq ma’lumotlar doimo qo‘lingizda bo‘ladi. Ish jarayonidagi kerakli amallarni bir joyda bajaring va buyurtmalar bilan ishlashni yanada tartibli tashkil eting.

Mijozlarga xizmat ko‘rsating

Qabul qilingan buyurtma yoki tanlangan safar bo‘yicha belgilangan manzilga boring va mijozga kerakli xizmatni taqdim eting. Yo‘lovchini manziliga yetkazing yoki yukni belgilangan joyga topshiring. Xizmat yakunlangach, buyurtmani ilova orqali yakunlab, keyingi ish imkoniyatlariga o‘tishingiz mumkin.

Trasso Pro’ni yuklab oling

Ilovani yuklab oling

TRASSO Pro · Telefoningizga mos do'konni tanlang

Buyurtmalarni ko‘rib chiqing
Yo‘nalishingizni tanlang
Jarayonni boshqaring
Mijozlarga xizmat ko‘rsating

Trasso Pro bilan ishlashni boshlash oson

Trasso Pro haydovchilar uchun buyurtmalar bilan ishlashni qulayroq tashkil etishga yordam beradi. Kerakli ma’lumotlarni bir joyda ko‘ring va xizmat ko‘rsatish jarayonini ilova orqali boshqaring.

  • Ilovani yuklab oling

    Ilovani yuklab oling

    Trasso Pro ilovasini App Store yoki Google Play orqali telefoningizga o‘rnating va ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlang.

  • Haydovchi ma’lumotlarini kiriting

    Haydovchi ma’lumotlarini kiriting

    Kerakli shaxsiy ma’lumotlar, transport vositasi va tegishli hujjatlarni taqdim eting. Ma’lumotlaringiz tekshiruvdan o‘tadi.

  • Buyurtmalarni ko‘rib chiqing

    Buyurtmalarni ko‘rib chiqing

    Tasdiqlanganingizdan so‘ng mavjud buyurtmalar va safar takliflari bilan tanishing. O‘zingizga mos variantlarni tanlang.

  • Buyurtmani bajaring

    Buyurtmani bajaring

    Tanlangan buyurtma bo‘yicha xizmat ko‘rsating va tegishli jarayonlarni ilova orqali yakunlang.

Ishonchli hamkorlik tekshiruvdan boshlanadi

Trasso platformasida haydovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida shaxsni va transport vositasini tasdiqlovchi hujjatlar so‘raladi. Haydovchining shaxsiy ma’lumotlari va transport hujjatlari tekshirilgach, platformada ishlashga ruxsat beriladi.

Bu jarayon mijozlarga kim bilan safar qilayotgani yoki kim orqali jo‘natma yuborayotganini bilish imkonini beradi.

Ko‘p beriladigan savollar

Mijozlar, haydovchilar va hamkorlar o‘rtasida ishonchli aloqalarni shakllantiramiz.

Biz bilan bog‘laning
Trasso Pro kimlar uchun mo‘ljallangan?

Trasso Pro yo‘lovchi tashish, kichik jo‘natmalar va yuk yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi haydovchilar uchun mo‘ljallangan.

Trasso Pro’da ishlashni qanday boshlash mumkin?

Trasso Pro ilovasini App Store yoki Google Play’dan yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va haydovchi hamda transport vositasi ma’lumotlarini kiriting. Ma’lumotlaringiz tekshirilib, tasdiqlangach buyurtmalarni qabul qilishingiz mumkin.

Qanday hujjatlar talab qilinadi?

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), haydovchilik guvohnomasi va transport vositasining texnik pasporti so‘raladi. Hujjatlar ilova orqali yuklanadi va tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Trasso Pro orqali qanday buyurtmalarni bajarish mumkin?

Kichik jo‘natmalarni yetkazish, katta va og‘ir yuklarni tashish hamda shaharlararo yo‘lovchi tashish buyurtmalarini bajarishingiz mumkin. Qaysi buyurtmani olishni o‘zingiz tanlaysiz.

Trasso Pro’dan qayerdan foydalanish mumkin?

Trasso Pro butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaydi: shahar ichidagi buyurtmalar ham, shaharlararo yo‘nalishlar ham ilovada ko‘rsatiladi.

Ilova bilan barchasi oson

Trasso ilovasini yuklab oling

QR codeni skaner qiling

Trasso Pro ilovasini yuklab oling

QR codeni skaner qiling